Halim Domla Ibodov

Qo`shiqchi
Halim Domla  Ibodov
Tavallud sanasi:
1878
Vafot sanasi:
1940

An’anaviy qo‘shiqchilik san’atimizning yorqin namoyondalaridan biri Domla Halim Ibodov Buxoro shahrida to‘quvchi oilasida dunyoga keldi. O‘n yoshidan taniqli xonanda va sozanda Usta Sharof rahbarligida doira chertib, xalq qo‘shiqlarini ijro eta boshladi.

Ustoz unga sekin-asta «Shashmaqom» namunalaridan tanishtira boshladi va mashhur san’atkorlar Ota Jalol va Ota G‘iyoslar bilan yaqindan tanishishiga yordam berdi. O‘n sakkiz yoshidayoq Buxoroda yetuk xonanda bo‘lib elga tanildi. U maqom namunalarini jozibali ovozi bilan ijro etar, shinavandalar qalbida zavq-shavq uyg‘otardi. O‘zi ustoz bo‘lib yoshlarga ashula, doira usullaridan dars berardi. 1923 yilda Moskvada birinchi qishloq xo‘jalik ko‘rgazmasida Yusufjon qiziq Shakarjonov, Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Ahmadjon Umrzoqov, Shorahim Shoumarov, G‘ulom Zafariy, Abduqodir Ismoilov, To‘xtasin Jalilovlar bilan birgalikda qatnashib zo‘r muvaffaqiyatlarga erishdi. Safardan qaytgach, mashhur xonanda haqida mana shunday misralar ham bitildi:

Moskvaga Domla Halim qildi safar.

Qo‘shiq bilan unda topdi ko‘p zafar.

1928 yilda Samarqandda musiqa va xoreografiya instituti ochilishi munosabati bilan Domla Halim Ibodov bu yerga taklif qilinadi va musiqashunos N.N.Mironov undan «Shashmaqom»ning ko‘pgina namunalarini yozib oladi. Samarqandda u atoqli bastakor va xonanda Hoji Abdulaziz Abdurasulov bilan birga hamnafas bo‘lib, juda ko‘p kontsertlarda, sayllarda ishtirok etdi.

Domla Halim Ibodov 1931 yildan boshlab O‘zbekiston radiosida ishlay boshladi. U ijro etgan «Savti Sarvinoz», «Qash­qarchai ushshoq» «Iroq», «Nasrulloi», «Mo‘g‘ulchai dugoh», «To‘lqin», «Navro‘zi Sabo» singari ashulalar hozirgacha oltin fondda saqlanadi. 1933-1934 yillarda musiqashunos Ye.E.Romanovskaya Domla Halim ijrosida qator kuy va qo‘shiqlarni, maqom yo‘llarini yozib oladi. Ustoz qator anjumanlarda jumladan 1932 yilda Respublika san’at qurultoyida, 1936 yilda san’atkorlarning I-Respublika konferentsiyasida, 1937 yilda Moskvada birinchi o‘zbek dekadasida qatnashib, zo‘r muvaffaqiyatlarga erishdi.

U juda ko‘p iqtidorli shogirdlarga ustozlik qildi. Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Tolibjon Sodiqov, Mutal Burxonov, Mardon Nasimov, Doni Zokirov, Sharif Ramazonov, Nabi­jon Hasanov, Olimjon Halimov (hofizning o‘g‘li, O‘zbekis­ton xalq artisti, bastakor) lar shular jumlasidandir.

Domla Halim Ibodov san’atimiz oldidagi bebaho xizmatlari uchun «O‘zbekiston xalq hofizi» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Endilikda uning nomi bilan atalib kelinayotgan Buxorodagi san’at bilim yurti ustoz orzu qilgan xayrli ishlarni ado etib kelmoqda.

Ustoz san’atkor, musiqiy madaniyatimizning atoqli namoyandasi Domla Halim Ibodov 1940 yilda vafot etdi. Ustozning mo‘tabar nomi, mazmundor hayotining sahifalari musiqiy san’atimiz tarix zarvaraqlarida jilolanib, mangulik kasb etib turibdi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/domla_halim_ibodov
Sayt foyda berdi!
87720 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi